» » Qoraqalpog‘istonda tuman hududlariga biriktirilgan agronomlarga 39 ta avtomobil berildi

Qoraqalpog‘istonda tuman hududlariga biriktirilgan agronomlarga 39 ta avtomobil berildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi M.Yerniyazov olib borgan majlisda chigit ekish ishlarini 18-aprelga qadar yakunlash, kuzlik bug‘doy tarbiyasini sifatli olib borish, aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Qoraqalpog‘iston yangiliklari” nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yil Qoraqalpog‘istonda 92 ming 100 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilmoqda. Paxta tozalash korxonalari tomonidan 3543 fermer xo‘jaligi bilan 186 ming 200 tonna paxta yetishtirish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan.

Chigit ekish ishlarini sifatli olib borish uchun 394 ta otryad tashkil qilingan bo‘lib, 722 tonna urug‘lik chigit dorilangan va 109 ta shoxobchalarga yetkazib berilgan.

Joriy yil kutilayotgan yangiliklardan biri — bu “Qoraqalpoqpaxtasanoat” hududiy filiali mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan respublika bo‘yicha 162 nafar agronom shartnoma asosida ishga qabul qilinmoqda. Ularning har biri 1 million so‘m oylik maosh bilan ta’minlanib, tuman hududlariga biriktirilgan agronomlarga 39 dona yengil avtomashina ajratilmoqda. Ular fermer xo‘jaliklarida chigit ekish ishlarining belgilangan muddatlarda boyitilishini, unib chiqqan ko‘chatlarga agrotexnik tadbirlarning sifatli olib borilishini ta’minlaydi.

Опубликовано: admin (5-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют