» » Samarqand shahar XTB kaltaklanishi oqibatida vafot etgan o‘qituvchi haqida ma’lumot berdi

Samarqand shahar XTB kaltaklanishi oqibatida vafot etgan o‘qituvchi haqida ma’lumot berdi


Samarqand shahridagi 42-maktabda tarix fanidan dars bergan o‘qituvchi Izzatillo M.ni 15 kishi kaltaklagani hamda o‘qituvchi olgan tan jarohatlari natijasida hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berilgan edi. Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, marhum o‘qituvchi Izzatillo M. Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2018-yilning 3-sentabridan buyon ishlab kelgan. U tarix fani bo‘yicha rus sinflariga dars berib, joriy yilning 14-oktabridan boshlab maktabga kelmagan.

Maktab rahbariyati tomonidan surishtirilganda Izzatillo M. sog‘lig‘i yomonligi, davolanib, tibbiy ma’lumotnomalar bilan maktabga qaytishini bildirgan, ammo u maktabga qaytmagan. Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ye.Shigay o‘qituvchi Izzatillo M. bilan telefon orqali bog‘langanda, u endilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi ekanligini, maktabdan esa ishdan bo‘shashini bildirgan. Shu bois o‘qituvchiga ajratilgan dars soatlari tarix fani o‘qituvchilari G‘.Vohidov va G.Sattorovaga yuklatilgan.

Qayd etilishicha, Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi hamda maktab ma’muriyati o‘qituvchi Izzatillo M. bilan sodir bo‘lgan ayanchli holatdan chuqur qayg‘uda ekanligini hamda barcha samarqandlik pedagog xodimlar nomidan uning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Mavzuga doir:

Samarqandlik o‘qituvchi 15 kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda

Samarqandda sobiq o‘qituvchining 15 kishi tomonidan urib o‘ldirilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

Samarqandda 15 kishi tomonidan urib o‘ldirilgan o‘qituvchi ishi yuzasidan 3 kishi hibsga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2019, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют