» » AQShliklar Trampning rafiqasi Vashingtonga ko‘chib o‘tishini talab qilmoqda

AQShliklar Trampning rafiqasi Vashingtonga ko‘chib o‘tishini talab qilmoqda


AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Trampning Vashingtonga ko‘chib o‘tishini talab qiluvchi petitsiyani 500 mingdan ziyod kishi imzoladi, deb yozadi “Korrespondent”. Uning Nyu-Yorkdagi Trump Tower qarorgohida yashashi soliq to‘lovchilarga juda qimmatga tushishi aytilmoqda.

“Melaniya Trampni Oq uyda qolishga yoki xarajatlarni o‘zi to‘lashiga majbur qilish” deb nomlangan petitsiya Change.org saytida e’lon qilingan edi. Ayni paytgacha uni 515 mingga yaqin kishi imzoladi.

Petitsiya matnida aytilishicha, amerikalik soliq to‘lovchilar birinchi xonimni Trump Tower’da himoya qilish uchun behudaga katta mablag‘ to‘lamoqda. Bu xarajatlar davlat uchun ijobiy natijalarni keltirib chiqarmaydi va moliyalashtirishdan uzib qo‘yilishi kerak.

OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, Nyu-Yorkda Tramp oilasining xavfsizligini ta’minlash uchun shahar politsiya boshqarmasi har kuni 127 mingdan 146 ming dollargacha sarflaydi.

Опубликовано: admin (5-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют