» » Qashqadaryoda janjal sababli 23 yoshli tanishini pichoqlagan shaxsga jinoiy ish ochildi

Qashqadaryoda janjal sababli 23 yoshli tanishini pichoqlagan shaxsga jinoiy ish ochildi


Qashqadaryoda muqaddam sudlangan 25 yoshli A.N. 23 yoshli tanishi N.R. bilan o‘zaro janjallashib, janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan uning ko‘krak qafasi chap qo‘ltig‘iga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirdi.

Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea 26-noyabr kuni soat 21:00 larda Muborak tumanida sodir bo‘lgan.

Mavzuga doir: Xiyonatni kechira olmagan ayol 24 yoshida erining qotiliga aylandi (video)

Mazkur holat yuzasidan 27-noyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan A.N.a nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Andijonda ikki do‘stning o‘zaro janjali ulardan birining o‘limi bilan yakunlangani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют