» » Jizzaxlik erkak hamqishlog‘ining 33 mln so‘mini o‘g’irlab, pullarni omonatga qo‘ydi

Jizzaxlik erkak hamqishlog‘ining 33 mln so‘mini o‘g’irlab, pullarni omonatga qo‘ydi


Jizzaxda o‘g‘ri o‘g‘irlagan pullarini omonatga qo‘ydi, deb yozadi O‘zA.

Jizzax viloyati Zomin tumani “Xalqaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi T.Usmonov o‘g‘rilik qilib, boshqalardan olgan qarzini uzishga qaror qildi. U bozorda qo‘shnisi M.Ergashevni uchratadi, uning qo‘lida ko‘p pul borligidan xabar topadi.

Shu kuni kechasi M. Ergashevning uyiga yo‘l oladi. Uyda hech kim yo‘qligini aniqlagach, yashash xonadoniga kirib, pullarni qidira boshlaydi. U yotoqxonada saqlanayotgan temir seyfni ocha olmaganidan so‘ng uni ko‘tarib chiqib, ijaraga olgan uyiga olib borgan.

Ertasi kuni seyfni buzib, uning ichidagi 6 ming 500 AQSh dollari 100 yevro, 100 Xitoy yuani, 1 ming Rossiya rubli, bir juft ayollar tilla sirg‘asi va tilla zanjiri, bir dona erkaklar tilla uzugi, bir dona ayollar tilla uzugini olib, talon-toroj qilgan.

Bundan tashqari, T.Usmonov M.Ergashevning yashash xonadoni kadastr yig‘ma jildini, haydovchilik guvohnomasi va ogohlantirish talonini ham olib, bu hujjatlarni tog‘asining uyiga olib borib yashirgan. U 33 million so‘m pullarni bankka olib borib, omonatga topshirgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida T.Usmonovdan o‘g‘irlangan bir dona temir seyf, M.Ergashevga tegishli haydovchilik guvohnomasi, ogohlantirish taloni, uy hujjatlari, bir dona tilla zanjir va ATB “Agrobank” Shirin filiali tomonidan berilgan omonat daftarchasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Sud tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, T. Usmonovga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2019, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют