» » Parkentda haydovchiga aybini topmaguncha qo‘yib yubormasligini aytib, qo‘pol muomala qilgan YPX inspektoriga chora ko‘riladi

Parkentda haydovchiga aybini topmaguncha qo‘yib yubormasligini aytib, qo‘pol muomala qilgan YPX inspektoriga chora ko‘riladi


Shu yilning 26-noyabr kuni “Aybingni topmaguncha qo‘yib yubormayman yoxud zamondan ortda qolgan YPX xodimi” sarlavhasi bilan Toshkent viloyati Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori va haydovchi o‘rtasidagi muloqot jarayoni tasvirlangan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘rganilib chiqilgan.

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan holatda Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori serjant J.Abdurahmonov tomonidan bir qator qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi qarori talablarini buzilgan.

“Hozirda unga nisbatan Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Yakuniy xulosaga ko‘ra serjant qonun doirasida tegishli choralar ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют