» » Farg‘onada Toshkentga 300 mln so‘mlik psixotrop dori vositalari yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada Toshkentga 300 mln so‘mlik psixotrop dori vositalari yuborayotgan shaxs qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tarkibida psixotrop moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tadbir davomida fuqaro M.G. Farg‘ona shahri, Qirguli mavzesidagi ko‘p qavatli uydagi xonadonidan chiqib, Andijon viloyatidan jo‘natilgan 2 dona qutiga solingan dori vositalarini Toshkentga yo‘lovchi taksi orqali berib yuborish uchun kutib turgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Qutilarda umumiy qiymati 300 million so‘mlik 28000 dona kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют