» » Gazetxon shikoyati: Samarqanddagi “Kamolot uyi” muammolariga kim yechim topadi?

Gazetxon shikoyati: Samarqanddagi “Kamolot uyi” muammolariga kim yechim topadi?


“Zarafshon” gazetasi tahririyatiga Otabek Ergashev murojaat yo‘llab, Pastdarg‘om tumanining Go‘zalkent shaharchasidagi “Kamolot uyi” muammolariga e’tibor qaratdi.

Murojaatda, jumladan, shunday deyiladi: 

“2015-yilda foydalanishga topshirilgan ‘Kamolot uyi’da 64 ta yosh oila yashaydi. Turli sohalarda faoliyat yuritib, yuqori natijalarga erishgan yoshlarga bunday imkoniyat yaratilgandan barcha quvongandi. Ammo hozir yangi xonadonlarga ko‘chib o‘tganlarning muammolari bir talay. Shu muammolar yuzasidan yosh oilalar har ikki-uch kunda pul yig‘ishga tushadi.

– Yarim yildirki, biz yashayotgan ko‘p qavatli uyning oqova to‘planadigan maxsus joyi 15-20 kunga bormasdan to‘lib-toshadi, — deydi ‘Kamolot uyi’da yashovchi Abdumurod Safarov. —Shu holat bo‘yicha tuman hokimligiga ikki bor yozma va og‘zaki murojaat qildik. Lekin natija bo‘lmayapti. 

Uyda istiqomat qilayotganlarning eng katta muammosi — xonadonlardan chiqayotgan oqova suvning kichik xandaqda tez to‘lib qolayotgani. O‘tgan vaqt mobaynida oilalar bir necha marta pul yig‘ib, maxsus mashina chaqirdi. Har gal 10-15 mashina chiqindi olinayotgani uchun 700-800 ming so‘mdan pul yig‘ib berilyapti. Lekin bu bilan xandaqdagi chiqindi hajmi kamaygani yo‘q.

— Har kuni ishdan qaytishim bilan ‘Yana pul yig‘yapmiz’, deb qo‘shnilar chiqishadi, — deydi shu uyda yashovchi Husan Suyarov. — Chiqindi beton qopqoqdan tosha boshlaydi. Uy oldidagi beton qoplama namlikdan cho‘kkan, yomg‘ir suvlari yerto‘laga oqadi. Qo‘ni-qo‘shni bilan suhbat mavzusi shu. Bu yerda yashayotganlarning ko‘pchiligi oylik ish haqlarining katta qismini kreditga to‘laydi. Yana bu ‘yig‘-yig‘lar’. 

Mazkur muammo yuzasidan o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon bir necha bor mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilindi. Murojaat yuzasidan kelgan vakillar esa quruq gapdan nariga o‘tmayapti. Nahot bu masalaning yechimi bo‘lmasa?”

Gazeta ushbu murojaatni O‘zbekiston Prezidentining Pastdarg‘om tumanidagi Xalq qabulxonasi e’tiboriga havola qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют