» » Farg‘ona viloyatida oldi-berdi masalasida janjallashgan tog‘a jiyanini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida oldi-berdi masalasida janjallashgan tog‘a jiyanini o‘ldirmoqchi bo‘ldi


Farg‘ona viloyatida oldi-berdi masalasida janjallashgan 53 yoshli muqaddam sudlangan B.N 33 yoshli jiyani R.D.ni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 27-noyabr kuni soat 19:30 larda Qo‘qon shahar Chankatlik ko‘chasida yashovchi B.N.ning yashash xonadonida sodir bo‘lgan. Uning uyiga kelgan jiyani R.D. bilan oldi-berdi masalasida janjallashib, janjal davomida jiyaniga oshxona pichog‘i bilan chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib tan jarohat yetkazgan.

Voqea joyiga B.N.ning turmush o‘rtog‘i M.N. kelib qolgan va ularni ajratgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan malakali tibbiy yordam natijasida R.D.ning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan B.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют