» » “Arsenal” Emerini iste’foga chiqardi

“Arsenal” Emerini iste’foga chiqardi


“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Unai Emeri iste’foga chiqarildi. Bu haqida klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Uning o‘rnini vaqtincha Frederik Yunberg egallaydi.

Londonliklar ketma-ket yettita o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Bu jamoa uchun so‘nggi 27 yil ichidagi eng yomon natija hisoblanadi.

Emeri “Arsenal” boshqaruviga 2018-yilning bahorida kelgandi. 2018/19-yilgi mavsumda uning jamoasi Yevropa Ligasi finaliga chiqqan va hal qiluvchi o‘yinda “Chelsi”ga yutqazib qo‘ygandi.  O‘tgan mavsum “Arsenal” Angliya chempionatini 5-o‘rinda yakunladi.

Hozirda “kanonirlar” 18 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют