» » Buxoroda Nexia avtobusga urilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Mashinaning o‘zi temir-tersakka aylandi

Buxoroda Nexia avtobusga urilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Mashinaning o‘zi temir-tersakka aylandi


Buxoro viloyatida avtobus bilan to‘qnashgan Nexia-2 haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea bugun, 29-noyabr kuni taxminan soat 07:00 larda sodir bo‘lgan. 22 yoshli haydovchi X.S.  Nexia-2 mashinasini Buxoro viloyati Jondor tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent—Qoraqalpog‘iston” A-380 yo‘lining 305 kilometrida haydab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, ushbu yo‘nalishda kelayotgan Higer rusumli avtobusning old qismiga urilgan.

Oqibatda Nexia-2 haydovchisi X.S. va 2 nafar yo‘lovchisi 19 yoshli R.S., 49 yoshli M.M. hodisa joyida vafot etgan. Avtobus haydovchisi va yo‘lovchilari tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida 3 ta mashina yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют