» » Yevropada 50 yevrolik yangi banknota muomalaga kiritildi

Yevropada 50 yevrolik yangi banknota muomalaga kiritildi


Yevropa markaziy banki 50 yevrolik yangilangan kupyurani muomalaga kiritdi, deb yozadi “Vedomosti”. Yangi banknota 2016-yil yozidayoq rasman taqdim etilgan edi. Muomalaga jami 5,4 milliardga yaqin yangi banknota kiritiladi.

Yangi kupyuraga qadimgi yunon ma’budasi — Yevropaning portretini joylashtirishdi. Uni suv qog‘ozdagi belgida va vertikal chiziqda ko‘rish mumkin. Kupyura asosan jigarrang va to‘q sariq ranglardan iborat. Banknota o‘lchami xuddi avvalgisi kabi. Ammo bitta farqi bor — pastki chap burchakdagi 50 raqami qaysi burchakdan qarayotganingizdan kelib chiqib, o‘z rangini o‘zgartiradi.

Har bitta kupyurada Yevropa markaziy banki prezidenti Mario Dragining imzosi bor. Avvalgi nusxaga 2003—2011-yillarda bankka prezidentlik qilgan Jan-Klod Trishening imzosi tushiirlgan edi.

Опубликовано: admin (5-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют