» » “Qishloq qurilish bank” Buxoro viloyatiga press-tur uyushtirdi

“Qishloq qurilish bank” Buxoro viloyatiga press-tur uyushtirdi


Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” o‘z faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga kengroq ma’lumot yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan tizimli hamkorlikni amalga oshirmoqda. Yaqinda bank tomonidan jurnalistlar uchun Buxoro viloyatiga press-tur tashkil qilindi. Unda respublikamizdagi eng yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Viloyatda ayni vaqtda “Qishloq qurilish bank”ning Buxoro mintaqaviy filiali, Kogon va Galaosiyo filiallari, Kogon, Qorako‘l, Jondor, Shofirkon, G‘ijduvon minibanklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular orqali 74214 nafar mijozga xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Jurnalistlar uchun Buxoro mintaqaviy filialida tashkil qilingan taqdimot tadbirida bank tuzilmalari erishayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot berildi. Unda xizmatlar ko‘lami va bank mijozlari soni muttasil kengayib borayotgani qayd etildi.

Press-tur ishtirokchilari Buxoro viloyatida bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar bilan tanishdilar. Xususan, “Qorovulbozor nur obod” MChJ tomonidan Qorovulbozor tumanida 9 gektar hududda barpo etilgan zamonaviy issiqxonaga, “Kogon mehnat rohat” XK tomonidan qurilgan istirohat bog‘i va ko‘ngilochar hordiq chiqarish majmuasiga, “Burda Lyuks Tekstil” XKning tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga, “City Med Buxoro” MChJ tashkil qilgan tibbiy-diagnostika va davolash markaziga, “Buxoro Komfort Plast” MChJda plastik quvurlar va plastik fitinglar ishlab chiqarish sexiga, “Panorama” mehmonxonasiga safarlar uyushtirildi.

“Qishloq qurilish bank” moliyaviy ko‘magida tatbiq etilayotgan biznes loyihalar jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Loyiha tashabbuskori bo‘lgan tadbirkorlar bank sarmoyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, zamonaviy texnologiya va uskunalar sotib olish, eksportbop va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va yangi ish o‘rinlari yaratilishida muhim o‘rin tutganligini bildirdilar.

Press-tur doirasida bankning Galaosiyo filiali yangi binosi foydalanishga topshirildi. Jurnalistlar filialda mijozlar uchun yaratilgan sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdilar va mijozlar bilan suhbatlashdilar.

Galaosiyo filiali binosi zamonaviy bank texnologiyalari, xususan, bankomatlar, infokiosklar bilan jihozlangan. Mijozlarga tezkor va sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 24/7 rejimida ishlaydigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi shoxobcha kecha-yu kunduz uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda.

ATB “Qishloq qurilish bank” kelgusida ham o‘z infratuzilmalarini rivojlantirish, o‘z faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali mijozlar ishonchini qozonishga, tadbirkorlar faoliyatini rag‘batlantirishga va aholi daromadlarini oshirishga intiladi.

Bunday press-turlar respublikaning boshqa hududlariga ham uyushtirilishi rejalashtirilgan.

“Qishloq qurilish bank” — farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun:

Telefon: (+99878) 150-93-39

Veb sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют