» » Janubiy Koreya KXDR uchirgan raketa tufayli o‘z qo‘shinlarini jangovar shaylik holatiga keltirdi

Janubiy Koreya KXDR uchirgan raketa tufayli o‘z qo‘shinlarini jangovar shaylik holatiga keltirdi


Pxenyanning so‘nggi raketa sinovlari munosabati bilan KXDRga qarshi zarba berish uchun Janubiy Koreya qo‘shinlari to‘liq jangovar shaylik holatiga keltirildi, deb yozadi “Korrespondent.net” Koreya Respiblikasi qurolli kuchlari shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasiga tayanib.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya qo‘shinlari “Shimolning har qanday provokatsiyasiga zudlik bilan javob qilish uchun to‘liq jangovar shaylikda turibdi”.

“Bizning qurolli kuchlarimiz Shimoliy Koreyaning yadro va raketa tahdidlarini tiyish va ularga javob qilish qobiliyatlarini kuchaytirishda davom etadi hamda ogohlantiradiki, bemulohaza provokatsiyalar Shimoliy Koreya rejimining vayron bo‘lishiga olib keladi, xolos”, — deyiladi birlashgan qo‘mita bayonotida.

Avvalroq Shimoliy Koreya, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rta masofaga uchuvchi KN-15 ballistik raketasini uchirgani xabar berilgan edi.

Опубликовано: admin (5-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют