» » Tanzila Norboyeva xotin-qizlar va erkaklar tengligini ta’minlash bo‘yicha muhim ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi

Tanzila Norboyeva xotin-qizlar va erkaklar tengligini ta’minlash bo‘yicha muhim ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi


Toshkentda “XXI asrda gender va yoshlar masalalarida sheriklikni rivojlantirish” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Senati axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlaridan o‘rin olgan gender va yoshlar masalalari barcha mamlakatlar uchun o‘ta dolzarb hisoblanadi. O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish borasida muhim qadamlar qo‘yildi va bu boradagi ishlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Mamlakatda so‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini har tomonlama ta’minlashga qaratilgan 20 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xususan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi bu boradagi huquqiy asoslarni mustahkamladi.

Ta’kidlanishicha, xotin-qizlar va oilalar bilan ishlash tizimini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tuzildi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida alohida qo‘mita tashkil etildi. “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi faoliyati qayta tashkil etilib, Hukumat tuzilmasi tarkibiga kiritildi, O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilindi.

Senat raisi Tanzila Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida tenglikni ta’minlash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Joriy yil yakunida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligi uchun ko‘rsatilgan 750 nafar nomzodning 41,3 foizini xotin-qizlar tashkil etganligi ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshayotganligidan dalolat beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют