» » London metrosi dunyoning havosi eng iflos yerosti transport yo‘li deb topildi

London metrosi dunyoning havosi eng iflos yerosti transport yo‘li deb topildi


London yerosti transport yo‘li havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan eng yomon holatdagi metro deb topildi. Metrodagi mayda zarrachalarning konsentratsiyasi ayrim hududlarda mavjud me’yorlardan bir necha marta yomonroq ekanligi aniqlangan. Bu haqda Qirollik kolleji tadqiqotidagi ma’lumotga asoslanib The Times xabar qildi.

Havoning ifloslanishi metropoliten vagonlari g‘ildiraklarining relslarga ishqalanishi, tormoz kolodkalari va eskalatorlarning faoliyati oqibatida yuz bermoqda.

Olimlar metrodagi ifloslangan havo odamlar hayotiga xavf solishi mumkinligidan xavotirga tushgan. Zarralar nafas yo‘llariga kirib, u yerdan qon aylanish tizimiga tushishi, odamlarda yurak qon-tomir kasalliklari, insult va nafas organlarining saratoni kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.

Mavzuga doir: 

“Biz har yili poyezdlar, stansiyalar va tunnellarni tozalash uchun 60 million funt sterling mablag‘ sarflaymiz. Ushbu harakatlarning hammasi yo‘lovchilar va metro xizmatchilarining toza havoda nafas olishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi”, — deydi Transport for London xavfsizlik, sog‘liq va atrof muhit holatini saqlash masalalari bo‘yicha kompaniya bosh inspektori Lilli Metson.

London metrosi 1863-yilda ochilgan va dunyodagi eng qadimgi yerosti transporti hisoblanadi. Britaniya poytaxtidagi metroda jami 11 ta yo‘nalish va 270 ta bekat mavjud. Har kuni uch million atrofidagi aholi metropoliten xizmatlaridan foydalanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 00:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют