» » 2020-yildan 27 yoshda ham 1 yillik harbiy xizmatga borish mumkin bo‘ladi

2020-yildan 27 yoshda ham 1 yillik harbiy xizmatga borish mumkin bo‘ladi


O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan yigitlar bir yillik muddatli harbiy xizmatga borishi qat’iyan belgilandi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

29-noyabr, juma kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Mudofaa vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, yangi yildan 27 yoshda ham bir yillik harbiy xizmatga borish mumkin.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy yildan muddatli va safarbarlik chaqiruv rezerviga chaqirish, belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish tadbirlari fevral—mart oylaridan mart—aprel oylariga ko‘chirildi.

Ma’lum qilinishicha, joylardagi harbiy-ma’muriy sektorlar tomonidan Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda 82 ta bino, jumladan, 3 ta yig‘in, 21 ta chaqiruv punkti va 58 ta mudofaa ishlari bo‘limi qayta ta’mirlangan.

2019-yil chaqiruvi uchun 100 ming nafarga yaqin yosh o‘rtasida bilim va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha tanlov o‘tkazilib, ulardan 80—85 foizi muddatli harbiy xizmatga yaroqli deb topilib, tanlab olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 01:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют