» » Andijonda gaz va elektr uzilishlaridan charchagan aholi norozilik bildirib, ko‘chaga chiqdi

Andijonda gaz va elektr uzilishlaridan charchagan aholi norozilik bildirib, ko‘chaga chiqdi


28-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi avtomobil yo‘liga odamlarning chiqib, transport vositalari harakatini to‘sib qo‘ygani tasvirlangan video tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur norozilik aksiyasi Andijon shahrining “Dalvarzin” va unga chegaradosh Oltinko‘l tumanining “Qo‘shtepa” mahallasida elektr tarmog‘ida ko‘p uzilishlar bo‘layotganligi hamda tabiiy gaz yetkazib berilmayotganligi ortidan kelib chiqqan.

“Daryo” muxbiri mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bilan bog‘landi.

“Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” matbuot xizmati rahbari Shahnozaxon Hamidovaning ma’lum qilishicha, video tarqalganidan so‘ng mutaxassislar tegishli tartibda voqea joyiga borgan,  muammolar aniqlanib, bartaraf etishga kirishilgan.

O‘rganishlar davomida Andijon shahar elektr ta’minoti korxonasi “Bobur” bo‘limi tasarrufidagi “Baxt” podstantsiyasidan chiquvchi 6 kV “Jalabek” elektr uzatish tarmog‘iga ulangan 84-sonli transformator punktida nosozlik kelib chiqqani aniqlangan.

Tabiiy gazning yo‘qligi natijasida hududda elektr energiyasiga bo‘lgan talab oshgan. Aholining elektr energiyasini maishiy iste’moldan tashqari ovqat tayyorlash, uylarni isitish uchun foydalanganligi oqibatida quvvati 100 kVa bo‘lgan transformatorda kuchlanish darajasi keskin ortib, nosoz holga kelgan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha korxona muhandis-texnik xodimlari  tomonidan tegishli choralar ko‘rilgan. 29-noyabr kuni markaziy omborda mavjud quvvati 160 kVa bo‘lgan KTPS rusumli transformator olib kelinib, o‘rnatilgan. Ayni paytda yangi transformator ishga tushirilib, aholini elektr bilan ta’minlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Norozilik aksiyasi yuzasidan Andijon viloyati IIB ham o‘z munosabatini bildirdi. Boshqarma matbuot xizmati rahbari Sherzodbek Nuriddinovning aytishicha, ushbu holat yuzasidan tezkor ishchi guruh tuzilib, o‘rganishlar olib borilgan.

O‘rganishlar davomida Andijon shahri “Dalvarzin” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan Oltinko‘l tumani hududidan yashash xonadonlariga bir necha yil avval tabiiy gaz tarmog‘ini tortganliklarini, biroq shu yilning oktabr oyidan boshlab, tarmoq hech qanday asossiz uzilganligi bildirilgan.

Muammo bo‘yicha shahar hokimligiga bir necha marotaba murojaat qilingan, lekin ijobiy hal etilmagan. Elektr ta’minotida kun davomida 5—6 marta uzilishlar bo‘layotgani ham odamlarga qiyinchilik tug‘dirgan. Natijada aholi muammoni hal qilishda yordam berishlari lozimligini mutasaddilarga bildirish uchun yig‘ilgan.

Xabar berishlaricha, hozirda Andijon shahri hududida kuz-qish mavsumi bilan bog‘liq muammolarini bartaraf etish yuzasidan maxsus ishchi guruh tuzilib, viloyat va shahar mutasaddi rahbarlari tomonidan hal qilish choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonning Nukus tumani va Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida ham shu kabi norozilik aksiyalari yuz bergani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют