» » Samvel Babayan Xitoy klubi bilan shartnoma imzoladi

Samvel Babayan Xitoy klubi bilan shartnoma imzoladi


O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi va hozirda “Lokomotiv” klubini boshqarayotgan Samvel Babayan faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettiradi.

Sharhlovchi Bobur Akmalovning xabar qilishicha, o‘zbekistonlik mutaxassis Xitoyning “Chanchung Yatay” klubi bilan kelishuvga erishgan va jamoa bilan “2+1” ko‘rinishidagi shartnoma imzolaydi.

“Lokomotiv” ustozi 1-dekabrda Xitoyga yo‘l oladi. Superliga 26-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”ga qarshi bahs Babayan uchun “Lokomotiv” boshqaruvidagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi.

“‘Lokomotiv’ bilan o‘zaro kelishuv asosida hamkorlikni to‘xtatdik. 25-dekabrda Toshkentga qaytaman va yangi yil bayramidan so‘ng yana Chin yurtiga uchib ketaman”, — deydi Samvel Babayan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют