» » Namanganda Alisher Usmonovning ammasi Azizaxon Usmonova vafot etdi

Namanganda Alisher Usmonovning ammasi Azizaxon Usmonova vafot etdi


Namanganda taniqli tadbirkor, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonovning ammasi Azizaxon Usmonova vafot etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Burhonjon Usmonovning kichik singlisi bo‘lgan Azizaxon Usmonova Namangan shahrida istiqomat qilgan. 4 qiz, ikki o‘g‘ilning onasi, sobiq tibbiyot xodimi bo‘lgan onaxon 84 yoshida olamdan o‘tdi.

Namangan shahrida bo‘lib o‘tgan dafn marosimida Alisher Usmonovning ukasi Bahodir Usmonov, singillari Gulbahor va Saodat Usmonovalar ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Usmonovning kichik amakisi Nosirjon Usmonov hayot bo‘lib, u kishi ham Namangan shahrida yashaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют