» » “Real” safarda g‘alaba qozonib, La Liga peshqadamiga aylanib oldi (video)

“Real” safarda g‘alaba qozonib, La Liga peshqadamiga aylanib oldi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi 15-turining ilk bahsi “Alaves” hamda “Real” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida Serxio Ramos “Real”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 65-daqiqaga kelib, Ramosning qo‘polligi sabab “Qirollik klubi” darvozasiga penalti belgilandi. Uni “Alaves” to‘purari Lukas Peres aniq amalga oshirdi. Zidan jamoasiga g‘alaba keltirgan golga esa 69-daqiqada Dani Karvaxal mualliflik qildi.

Shu tariqa “Real” o‘z hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozib qo‘ydi va ochkolari sonini 31 taga yetkazgan holda La Liga musobaqa jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarildi. 28 ochkoga ega “Barselona” ushbu turda “Atletiko Madrid” mehmoni bo‘ladi.

La Liga

15-tur bahsi

30-noyabr, shanba

Gollar: Ramos 52, — 0:1, Peres 65, — 1:1, Karvaxal 69, — 1:2.

Alaves – Pacheko, Ximo Navarro, Agirregabiria, Laguardia, Duarte, Pina (Pons, 76), Aleish Vidal, Vakaso (Garsiya, 82), Rioxa (Burki, 60), Xoselu, Lukas Peres.

Real Madrid – Areola, Militao, Ramos, Marselo, Karvaxal, Kazemiro, Kroos, Isko (Mendi, 90), Modrich (Valverde, 80), Beyl (Rodrigo, 67), Benzema.

Ogohlantirishlar: Vidal (7), Modrich (32), Pina (45+1), Ramos (63), Duarte (79), Militao (81).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют