» » Kevin de Bryuynening qoyilmaqom goli ham “Manchester Siti”ning g‘alaba qozonishiga kamlik qildi (video)

Kevin de Bryuynening qoyilmaqom goli ham “Manchester Siti”ning g‘alaba qozonishiga kamlik qildi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 14-turi doirasida ilk uchrashuv “Nyukasl” hamda “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasida kechdi.

O‘yinda hisobni 22-daqiqada Rahim Sterling ochdi. David Silvaning uzatmasini Sterling Martin Dubravka darvozasiga joylab qo‘ydi. Oradan uch daqiqa o‘tib Yetro Villems javob golini kiritdi. 82-daqiqada esa Kevin de Bryuyne o‘ta kuchli va aniq zarbasi bilan “Siti”ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 88-daqiqada esa Shelvi uzoq masofadan Ederson darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi.

Shu tariqa tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar durangga rozi bo‘ldi. Ushbu natijadan so‘ng “Manchester Siti”ning ochkolari soni  29 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rindan joy olib turibdi. “Nyukasl” esa 16 ochko bilan 12-po‘gonani band qilgan.

APL

14-tur bahsi

30-noyabr, shanba

“Nyukasl” – “Manchester Siti” 2:2

Gollar: 0:1 – 22 Sterling, 1:1 – 25 Villems, 1:2 – 82 de Bryuyne, 2:2 – 88 Shelvi.

“Nyukasl” – Dubravka, Klark, Mankilyo, Dammett, Fernandes, Almiron, Heyden, Shelvi, Sen-Maksimen (Atsu, 80), Villems, Joelinton (Geyl, 69).

“Manchester Siti” – Ederson, Stounz, Mendi, Uoker, Fernandinyo, de Bryuyne, Silva (Foden, 70), Marez (Bernardu Silva, 69), Gundo‘g‘an, Sterling, Gabriel Jezus (Rodri Ernandes, 84).

Ogohlantirishlar: Gundo‘g‘an (24), Fernandinyo (53), Mankilyo (73).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют