» » Braziliya prezidenti Amazoniya o‘rmonlarining yonishida Di Kaprioni aybladi

Braziliya prezidenti Amazoniya o‘rmonlarining yonishida Di Kaprioni aybladi


Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprio Amazoniya o‘rmonlarining yonishini uyushtirayotgan nodavlat tashkilotlarga homiylik qilgan deb hisoblamoqda. Bu haqda Associated Press xabar bergan.

Siyosatchi gaplariga isbot sifatida ushbu nodavlat tashkilotlarning o‘rmonlar yong‘iniga aloqadorligi haqidagi dalillarni keltirib o‘tgan.

Avvalroq bir nechta odam o‘zlari o‘rmonda yong‘in uyushtirib, ushbu vaziyatni suratga olib, Butunjahon yovvoyi tabiatni asrash fondidan (WWF) bu borada yordam, ya’ni mablag‘ so‘ragani aniqlangandi.

Norasmiy xabarlarga ko‘ra nodavlat tashkilotlarga Di Karpio hisobidan 500 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ o‘tkazib berilgan.

Mavzuga doir: Leonardo di Kaprio BMT bosh konferensiyasida nutq so‘zlagan 16 yoshli Greta Tunbergni maqtadi

“Suratga oladi, fotoni nodavlat tashkilotga yuboradi, rasmlar tarqatiladi va Leonardo Di Kaprio bilan aloqaga chiqiladi. U tashkilot hisobiga 500 ming dollar o‘tkazadi. Di Kaprio siz Amazoniyaning yondirilishida ishtirok etayapsiz”, – deydi Bolsanaru.

2019-yil davomida Braziliyadagi Amazoniya o‘rmonlarida jami 72 mingta yong‘in kuzatildi va bu mamlakat tarixidagi rekord natija.

Leonardo Di Kaprio Amazoniya o‘rmonlarini qutqarish uchun 5 million dollar miqdorida mablag‘ ajratishni va’da qilgan. Fransiyada o‘tgan sammitda katta yettilik yetakchilari Amazoniya o‘rmonlarining yonishiga qarshi kurash uchun 20 million dollarlik maxsus fond ta’sis etishni kelishib olgan.

Braziliya prezidenti joriy yilning avgust oyida Amazoniya o‘rmonlarini 40 ming yong‘in qamrab olgan vaqtda NNTlarni o‘t qo‘yishlarda, serxavotir Yevropani esa mustamlakachilikda ayblagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-11-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют