» » Bundesliga. “Bavariya” yana yutqazdi va to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi, “Borussiya D” safarda qiyin g‘alabaga erishdi

Bundesliga. “Bavariya” yana yutqazdi va to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi, “Borussiya D” safarda qiyin g‘alabaga erishdi


Germaniya Bundesligasi 13-turidan o‘rin olgan 30-noyabr, shanba kungi uchrashuvlar yakunlandi.

Dortmundning “Borussiya” jamoasi Berlinda “Herta”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 15-daqiqasida Jeydon Sancho dortmundliklarni oldinga olib chiqdi. Oradan ikki daqiqada o‘tib, Torgan Azar mehmonlarning ikkinchi goliga muallif bo‘ldi. 34-daqiqada Vladimir Darida hisobni qisqartishga erishdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida “Borussiya” vakillari kamchilik qoldi, Mats Xummels ikkinchi marta sariq kartochka olib maydonni tark etdi. Biroq ikkinchi bo‘limda “arilar” hisobdagi ustunlikni saqlab qola oldi.

“Bavariya” esa o‘z maydonida “Bayer”ni qabul qildi. 10-daqiqada Leon Beyli leverkuzenliklarni oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada Tomas Myuller hisobni tenglashtirishga erishdi. Biroq oradan bir daqiqa o‘tib Beyli mehmonlarning ikkinchi golini urdi. 81-daqiqada “Bayer” himoyachisi Jonatan Ta qizil kartochka olib maydonni tark etdi, biroq sondagi ustunlikdan myunxenliklar unumli foydalana olmadi.

Shu tariqa “Paderborn”ni mag‘lubiyatga uchratgan “Leypsig” klubi musobaqa peshqadamiga aylanib oldi. “Bavariya” (24 ochko) va  “Borussiya D” (23) jamoalari esa mos ravishda 4 hamda 5-pog‘onada bormoqda.

Bundesliga

13-tur bahslari

30-noyabr, shanba

Gollar: 0:1 – 3 Shik, 0:2 – 4 Zabitser, 0:3 – 26 Verner, 1:3 – 62 Mamba, 2:3 – 73 Gyasula.

Gollar: 0:1 – 43 Niderlexner, 1:1 – 86 Kordoba.

Gollar: 0:1 – 15 Sancho, 0:2 – 17 Azar, 1:2 – 34 Darida.

Gollar: 1:0 – 6 Kramarich, 1:1 – 87 Xennings.

Gollar: 0:1 – 10 Beyli, 1:1 – 34 Myuller, 1:2 – 35 Beyli.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2019, 00:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют