» » Toshkent shahar bojxona boshqarmasi qiymati 330 million so‘mdan ortiq tovarlarni yashirin olib o‘tishga urinish holatlarini aniqladi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi qiymati 330 million so‘mdan ortiq tovarlarni yashirin olib o‘tishga urinish holatlarini aniqladi


Ayrim tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tomonidan O‘zbekistonga olib kirilayotgan tovar-moddiy boyliklarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish chog‘ida belgilangan yozma, og‘zaki yoki boshqa shakldagi ma’lumotlarni bermaslik yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar berishga urinishlari ko‘zga tashlanmoqda. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari ana shunday urinishlardan bir nechtasini fosh qilib, katta miqdordagi tovar moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘ydi.

Jumladan, “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari Xitoydan xususiy tadbirkor R.G‘ofurov (maqoladagi ism-shariflar o‘zgartirilgan) nomiga keltirilgan turli asbob-uskuna va texnologik jihozlarnini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida kutilmagan holatga duch keldi. Mazkur asbob-uskunalarning orasidagi barcha bo‘shliqlar bojxona yuk deklaratsiyasida va yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 23 turdagi 129 dona oshxona idishi va anjomi bilan to‘ldirilgan ekan. Shu tariqa qoidabuzar qiymati 29 million so‘mdan ortiq bo‘lgan tovarlarni yashirin yo‘llar bilan olib kirishga uringan.

Mazkur post xodimlari “B.N.Ch.” (nomlar qisqartirilgan) xususiy korxonasi nomiga keltirilgan gazlamalarni import bojxona rejimiga rasmiylashtirish jarayonida yana bir qoidabuzarlikni fosh qildi. Bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida ushbu gazlamalarning eni ikki barobarga qisqartirilgan holda taxlanib, so‘ngra to‘p qilib o‘ralgan. Shu tarzda qiymati 51 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 5,1 ming metr kvadrat o‘lchamdagi gazlamalar bojxona yuk deklaratsiyasida va yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan holda, bojxona nazoratidan chetlab olib kirishning oldi olindi.

Shuningdek, ushbu postda teriga ishlov berish paytida foydalaniladigan 38 tonnadan ortiq 3 turdagi kimyoviy moddalarning yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yildi. “M.G” mas’uliyati cheklangan jamiyati nomiga yuborilgan qiymati 250 million so‘mdan ortiq ushbu kimyoviy vositalar haqida ma’lumotlar yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida umuman ko‘rsatilmagan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют