» » Rossiyalik vazir O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIga qo‘shilishini aytdi

Rossiyalik vazir O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIga qo‘shilishini aytdi


Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin 30-noyabr kuni Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi (VShE) talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston 2020-yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishini ma’lum qilgan. Bu haqda iqtisodiyotchi Behzod Hoshimov Telegram’dagi kanalida xabar berdi.

Oreshkinning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishda O‘zbekiston davlat kompaniyalariga imtiyozlar berish masalasi ustida muzokaralar olib borilmoqda va bu masalada “albatta kelishuv bo‘ladi”. Hoshimovning qo‘shimcha qilishicha, Oreshkin VShE talabalariga bo‘lajak ta’tilda O‘zbekistonga sayohat qilishni tavsiya etgan.

“Boshqa manbalarga ko‘ra, O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishi 2020-yil kuzida, MDH Davlat rahbarlari kengashining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sammitida e’lon qilinar ekan”, — deb yozadi Behzod Hoshimov.

Ma’lumot uchun, Maksim Oreshkin iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Rossiya hukumatlararo komissiyasining Rossiya tarafdan raisi hisoblanadi.

O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi ehtimoli mavjudligi haqidagi gap-so‘zlar Rossiya Senati raisi Valentina Matviyenkoning Toshkentdagi bayonotidan so‘ng avj olgan edi. Matviyenkoning bayonotiga javoban chiqish qilgan O‘zbekiston Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish masalasi O‘zbekistonda so‘nggi uch yildan beri o‘rganilayotganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston 2022—2025-yillarda YeOIIga a’zo bo‘lib kirmoqchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют