» » Qirg‘iziston deputati: “Mamlakat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilgach, barcha frontlarda yutqazdi”

Qirg‘iziston deputati: “Mamlakat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilgach, barcha frontlarda yutqazdi”


Qirg‘izistonga Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi arafasida berilgan va’dalar hali ham bajarilgani yo‘q, mamlakat bu ittifoqqa qo‘shilishdan faqat yutqazdi. Bu fikr Qirg‘iziston parlamenti a’zosi Kenjebek Bokoyev tomonidan bildirildi.

“Agar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi Qirg‘izistonga foyda keltirmaydigan bo‘lsa, u holda bunday ittifoq tarkibidan chiqish kerak”, — dedi Qirg‘iziston parlamenti deputati Kenjebek Bokoyev parlamentning Iqtisodiy va fiskal siyosat masalalari bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida.

Uning aytishicha, YeOIIga kirish oldidan Qirg‘izistonga ma’lum bir va’dalar berilgan, biroq hozir bu va’dalar bajarilayotgani yo‘q. Masalan, ittifoq mamlakatlari ichida mahsulotlarning to‘siqsiz tashilishini ta’minlash va’da qilingan edi, biroq hozirda Qozog‘istondan Qirg‘izistonga yoqilg‘i-moylash materiallarini olib kirish imkonsiz.

“Bizga mamlakatlar o‘rtasida pul mablag‘larining erkin aylanmasi yo‘lga qo‘yiladi, deyishgandi. Lekin bu ham bo‘lgani yo‘q, aksincha, cheklovlar mavjud. YeOIIga qo‘shilgach, Qirg‘iziston barcha frontlarda, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida yutqazdi. Nega Rossiya va Qozog‘istondan Qirg‘izistonga hayvonlar tirik holda olib kirilishi mumkin-u, lekin Qirg‘izstondan ularga olib kirish mumkin emas?”, — deya savol qo‘ydi qirg‘izistonlik deputati.

Ma’lumot uchun, hozirda Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zolari hisoblanadi; Moldova kuzatuvchi-davlat maqomida. Bundan tashqari, Vyetnam, Eron, Xitoy, Kuba va Serbiya bilan erkin savdo hududi to‘g‘risidagi kelishuvlar imzolangan.

So‘nggi vaqtlarda ushbu ittifoqqa O‘zbekistonning ham qo‘shilishi ehtimoli faol muhokama qilinmoqda. O‘zbekiston Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqqa qo‘shilish imkoniyatlari O‘zbekiston hukumati tomonidan so‘nggi uch yildan beri o‘rganilmoqda. O‘zbekistonni 2030-yilga qadar kompleks rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida O‘zbekiston ushbu ittifoqqa 2022—2025-yillarda a’zo bo‘lib kirmoqchi ekani bildirilgan.

Mavzuga doir: Rossiyalik vazir O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIga qo‘shilishini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют