» » Xiva 2020-yilda turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilindi

Xiva 2020-yilda turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilindi


Qirg‘izistonning O‘sh shahrida turkiy dunyoning madaniy tashkiloti Turksoyning 37-kengashi ish boshladi, deb xabar beradi “Sof.uz”.

“O‘sh — 2019-yil turk dunyosi madaniy poytaxti” tadbirining yopilish marosimida O‘zbekistonning Xiva shahri 2020-yilda turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilindi.

2012-yildan turk dunyosi madaniy poytaxti sifatida har yili turkiy tilli davlatlar shaharlaridan biri tanlab olinadi. 2012-yilda Nur-Sulton (Qozog‘iston), 2013-yilda Eskishehir (Turkiya), 2014-yilda Qozon (Tatariston), 2015-yilda Marv (Turkmaniston), 2016-yilda Sheki (Ozarbayjon), 2017-yilda Turkiston (Qozog‘iston), 2018-yilda Kastamonu (Turkiya) va 2019-yilda O‘sh (Qirg‘iziston) bu nomga egalik qilgan.

Mazkur maqom Turksoy xalqaro madaniyati tashkiloti tomonidan beriladi. Tashkilot Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston ishtirokida 1993-yil 12-iyulda tashkil topgan. Uning bosh qarorgohi esa Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan. Hozirgi vaqtda tashkilotga 13 mamlakat a’zo.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют