» » Arktikada Rossiyaning “Kinjal” raketasi sinovdan o‘tkazilgan

Arktikada Rossiyaning “Kinjal” raketasi sinovdan o‘tkazilgan


Noyabr o‘rtalarida Arktikada Rossiyaning gipertovushli “Kinjal” (“Xanjar”) raketasi sinovdan o‘tkazilgan. Bu haqda “TASS” qurolli kuchlar sohasidagi o‘z manbalariga tayanib xabar bergan.

MiG-31K qiruvchi samolyoti Olenogorsk aerodromidan parvozni amalga oshirgan va raketa bilan Pemboy poligoniga zarba bergan. Manbalardan biri raketaning tezligi 10 maxgacha ko‘tarilganligini qayd etgan. Rossiya mudofaa vazirligi bu boradagi ma’lumotlarni rasman tasdiqlamagan.

Mavzuga doir: Eron raketa zaxirasi Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarnikidan ko‘p ekani ma’lum qilindi

“Kinjal” yangi aviatsion kompleksi haqida (raketa va u bilan zarba beruvchi MiF-31G qiruvchi samolyoti) Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018-yil 18-martda o‘tgan Federal majlis vakillariga qilgan murojaatida gapirgandi. Aviakompleksning imkoniyatlari ilk bor 2019-yil avgustida “Aviadarts” tanlovida namoyish qilingan.

Mavzuga doir: AQSh generali gipertovushli qurol qachon jangovar startga tayyor bo‘lishini ma’lum qildi

Avval Hindiston, Pokiston va Xitoyning ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazgani, shuningdek, Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlari va C-400 zenit raketalarini test qilgan haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-12-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют