» » Fransiyalik olima Frederik Bopertyui-Bressand: Amir Temur fenomeni meni rom etgan

Fransiyalik olima Frederik Bopertyui-Bressand: Amir Temur fenomeni meni rom etgan


OzA muxbiri Fransiyada 1988-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan Temuriylar tarixi va madaniyatini organuvchilar assotsiatsiyasi prezidenti, tarixchi olimaFrederik Bopertyui-Bressandbilan internetorqali suhbatlashdi.

MuhtaramaFrederik xonim, Sohibqiron bobomiz hayotiga qiziqishingizga, Temuriylar tarixi va madaniyatini organuvchilar assotsiatsiyasini tashkil etishingizga nima sabab bolgan?

Amir Temur oddiy askarlikdan buyuk sarkarda darajasiga chiqqan, Movarounnahrdan Hindistonu Yevropagacha, Arab dengizidan Sibirgacha bolgan ulkan hududda kuchli davlat barpo etgan nodir shaxsdir. U tarixdagi boshqa jahongirlardan farqli ravishda bunyodkorlik, ilm-fan, madaniyat rivojiga katta etibor qaratgan. Olimlar, memorlar, hunarmandlar, tabiblar, faylasuflar, shoiru mashshoqlarga gamxorlik qilgan. Temur, uning nabirasi Mirzo Ulugbek va boshqa temuriyzodalar tomonidan hamma joyda masjid va madrasalar, maqbaralar, karvonsaroylar, hammomlar, shifoxonalar, boglar, kanallar qurdirilgan. Movarounnahr, Eron, Hindiston, Xitoy va boshqa olkalardagi madaniyatlar sintezi temuriylar sanatini yuksak darajaga kotargan. Sohibqiron davridagi taraqqiyot Yevropada uygonish jarayoniga ham hayotbaxsh tasir etgan.

Amir Temur xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yolga qoygan, bu borada ham qatiy tartib-intizom ornatgan. Buni Sohibqironning Fransiya qiroli Karl VI bilan maktub almashganida yaqqol korish mumkin. Ispaniya qiroli Genrix III va Angliya qiroli Genri IV ham Amir Temur saroyiga elchi jonatgan.

XV asrdayoq Yevropada Amir Temurga yodgorlik ornatilgan, u haqda koplab ilmiy, badiiy asarlar yaratilgan.

Biz yoshligimizdan ana shularni oqib ulgayganmiz va Amir Temur fenomeni meni oziga rom etgan. Ilmiy konferensiyalarda qatnashib, olimlar bilan suhbatlashib bildimki, Amir Temur shaxsiga qiziquvchilar kop ekan. Orta asrlar Sharq renessansi, Amir Temur davlatining qudrati va ahamiyati haqida soatlab gaplashib toymasdik. Bu olimlarni birlashtirish, ular ortasida ilmiy muloqotni yolga qoyishga ehtiyoj sezildi. Temuriylar tarixi va madaniyatini organuvchilar assotsiatsiyasi shu taxlit tashkil etilgan.

Assotsiatsiya tomonidan qanday ishlar amalga oshirildi? Yana nimalar rejalashtirilmoqda?

Ozbekiston mustaqillikka erishgach, Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan tarixiy adolatni tiklash, buyuk shaxslarning hayoti va bebaho merosini organish, qadamjolarini obod etishga alohida etibor qaratildi. Bu yevropalik tadqiqotchilar uchun ham ajoyib imkoniyat yaratdi. Biz Amir Temur tugilib osgan yurt Ozbekistonga borish, Samarqand va Shahrisabzni oz kozimiz bilan korish baxtiga muyassar boldik.Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va boshqa tashkilotlar bilan aloqalar ornatdik.

Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning oz Vatani tarixini chuqur bilishi, bundan faxrlanishi meni qoyil qoldirardi. Bunga 1994-yili Mirzo Ulugbek tavalludining 600-yilligi, 1996-yili Amir Temur tavalludining 660-yilligi yubileylarida ishtirok etganimda amin bolganman. Parijdagi YuNESKO qarorgohida otgan Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi korgazmasi ham ulkan voqea bolgan edi.

Fransiyalik taniqli olim, assotsiatsiyamizning osha paytdagi prezidenti, professor Lyusen Keren Amir Temur hayoti va faoliyatini, temuriylar davrining boy manaviy qadriyatlarini kop yillar davomida samarali ilmiy tadqiq etgani, Fransiya va Ozbekiston xalqlari madaniyatining yaqinlashishi va hamjihatligiga qoshgan shaxsiy hissasi uchun Ozbekistonning Shuhrat medali bilan taqdirlangan.

2007-yili Samarqand shahrining 2750-yillik yubileyi doirasida otkazilgan xalqaro konferensiyada Temuriylar davri musiqasi mavzuidagi maruzam bilan qatnashdim. Moviy Samarqand va Sehrli Samarqand nomli kitob-albomlarim Parijda nashr etildi.

Assotsiatsiyamiz Ozbekiston madaniyati va sanatini Fransiya, umuman, Yevropada keng targib qilib kelmoqda. Xususan, Parijda Ozbekiston xalq artisti Munojot Yolchiyevaning konserti, rassom Bobur Ismoilov va kulol Abdullo Narzullayevning korgazmalari tashkil etildi.

Fransiya jurnallarida Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti olimlari tomonidan Samarqand, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalariga bagishlangan maqolalar nashr qilindi.

2016-yili Germaniya poytaxti Berlinda otkazilgan Alisher Navoiy va uning jahon adabiyoti va madaniyati rivojiga qoshgan hissasi mavzuidagi xalqaro konferensiyada assotsiatsiyamiz azolari oz maruzalari bilan qatnashdi.

Assotsiatsiyamizning La Timuride (Temuriylar) nomli jurnali bor. Unda Amir Temur va temuriylar tarixiga oid yangi tadqiqotlar natijalari, madaniy-marifiy tadbirlar yoritib kelinmoqda.

Rejalarimizga kelsak, ular judakop. Masalan, Fransiyadagi mashhur Luvr muzeyida Ozbekiston tarixi va madaniyatiga bagishlangan katta korgazma tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Temuriylar tarixining hali ochilmagan qirralari kop, bizda yangi-yangi goyalar, maqsadlar mavjud. Bu buyuk tarixni dunyoda targib etish, Fransiya bilan Ozbekiston ortasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga hissa qoshsak, ozimizni baxtiyor sezamiz.

: admin (5-04-2017, 12:13)
+1 (: 1)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -