» » Toshkentda 1 mln AQSh dollari miqdoridagi xorijiy valyutadagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holati aniqlandi

Toshkentda 1 mln AQSh dollari miqdoridagi xorijiy valyutadagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holati aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

“A.R.” MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslari noqonuniy daromad orttirish maqsadida dori darmon vositalarini xorijiy davlatlardan import qilish uchun tijorat banklardan juda ko‘p miqdordagi (3,8 million AQSh dollari) kreditlarni olishib, import shartnomalaridagi narxlarni sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatib, 1 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “A.R.” MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют