» » Sochlarning yaxshi bo‘yalmasligi sabablari

Sochlarning yaxshi bo‘yalmasligi sabablari


Ajoyib rangni uchratib qolsangiz, sizda vaqtincha bo‘lsa ham ko‘rinishingizni tubdan o‘zgartirish fikri paydo bo‘ladi. Lekin ba’zan natijasi kutganingizdek bo‘lib chiqmaydi. Sochlaringiz har xil, xira yoki notabiiy rangli sochlarga aylanib qoladi. Nima uchun bunday holat yuz beradi va sochlardagi bu muammoni qanday bartaraf qilish mumkin?

Agar sochlaringiz tabiiy rangi ustidan ko‘p marta boshqa ranglarga bo‘yalgan yoki ildizi sezilarli darajada o‘sgan bo‘lsa, yangi bo‘yoq ularning har xil rangini takrorlashi mumkin.

Maslahat: mutaxassisga ishoning va oldingi ishlatgan bo‘yoqlaringiz haqida batafsil ma’lumot bering.

Agar sochlaringiz yetarlicha rangsizlantirilmagan bo‘lsa, pastel ranglar sochlaringiz rangini xira qilib qo‘yadi. Agar sochlaringiz qoramtir bo‘lsa, istalgan rangga erisholmaysiz. Kerakli tusga ega bo‘lish uchun bo‘yashdan oldin sochlaringizni rangsiz qilishga yaxshilab tayyorlang.

Sochlarning uchi qanday rangdan foydalansangiz ham yashil tusli mis rangga kiradi. Stilistlar sochlarning uchini biror rang bilan bo‘yashni va so‘ngra o‘ziga o‘xshash  rang bilan qaytadan vaqtincha bo‘yashni tavsiya qilishadi.

Siz bo‘yoqni haddan tashqari uzoq tutib turganingiz uchun sochning tub rangi yo‘qolgan. Bu holatni tuzatish uchun rangsizlantiruvchi shampun yordamida bir necha marta yuving.

Manba: “Wellness.com”

Опубликовано: admin (5-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют