» » Uzbekistan Airways ichki reyslar uchun Yangi yil chegirmasini e’lon qildi. Ammo shu kunlarda aksariyat shaharlarga reyslar yo‘q

Uzbekistan Airways ichki reyslar uchun Yangi yil chegirmasini e’lon qildi. Ammo shu kunlarda aksariyat shaharlarga reyslar yo‘q


Uzbekistan Airways 2019-yilning 31-dekabridan 2020-yilning 2-yanvariga qadar Yangi yil bayrami nishonlanadigan muddatga respublika ichidagi aviaqatnovlar uchun chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, bayram chegirmalari:

Chegirmalar aviachiptalarni mamlakat hududida sotib oluvchi O‘zbekiston fuqarolariga ham, chet el fuqarolariga ham taqdim etiladi. Bunday aviachiptalarni Uzbekistan Airways savdo shoxobchalaridan chegirma olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda sotib olish mumkin.

Chiptalar uchun chegirma 2019-yilning 31-dekabridan 2020-yilning 2-yanvariga qadar bo‘lsa-da, Uzbekistan Airways saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu kunlarda Toshkentdan Farg‘ona, Qarshi va Navoiy shaharlariga reyslar umuman rejalashtirilmagan. Samarqand, Buxoro, Termiz va Namangan shaharlariga esa faqat 2-yanvarda reyslar bor.

Urganch va Nukus shaharlariga esa har kuni reyslar rejalashtirilgan.

Shuningdek, kompaniya saytida Yangi yil chegirmasi e’lon qilingan kunlar uchun qo‘chimcha reyslar tashkil etilishi haqida ma’lumot berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют