» » OFK Osiyoning 2019-yildagi eng yaxshilari nomini e’lon qildi

OFK Osiyoning 2019-yildagi eng yaxshilari nomini e’lon qildi


Gonkongda 2-dekabr, dushanba kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi “The AFC Annual Awards 2019” marosimida 2019-yilning eng yaxshilarini e’lon qildi.

Osiyoning 2019-yildagi eng yaxshi o‘yinchisi nomiga Qatar terma jamoasi va “As Sadd” klubi vakili Akrom Afif loyiq ko‘rildi. Futbolchi yanvarda bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogida jamoasining chempionlikka erishishiga yordam bergandi. Undan tashqari ushbu sovringa Ali Rizo Beyronvand (“Persepolis”) va Tomoaki Makino (“Urava Red”) kabi futbolchilar ham da’vogar bo‘lgandi.

Xalqaro maydonda to‘p suruvchi eng yaxshi osiyolik futbolchi sovrini Janubiy Koreya vakili Son Hyon Minga nasib etdi. “Tottenhem” hujumchisi ushbu sovrin uchun kurashda Sardor Azmun (“Zenit”) va Makoto Hasebe (“Ayntraxt”) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Eng yaxshi erkak murabbiy nomiga  Chun Jun Yon munosib deb topildi. Janubiy Koreya U-20 ustozi yoshlar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida jamoasini finalga qadar olib bordi. Mazkur terma jamoa yetakchisi Li Kan In (“Valensiya”) esa Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi.

Barcha sovrindorlar bilan tanishing:

“Osiyo Olmosi” — Al Sulton Abdulloh

Yilning eng yaxshi assotsiatsiyasi

Ommaviy futbol rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun” OFK prezidenti sovrini

Yilning eng yaxshi murabbiyi (ayollar) — Asako Takakura (Yaponiya)

Yilning eng yaxshi murabbiyi (erkaklar) — Chun Jun Yon (Janubiy Koreya)

Yilning eng yaxshi futzalchisi — Tomoki Yoshikava (Yaponiya)

Yilning eng yaxshi futbolchisi (ayollar)Saki Kumagai (“Lion”, Yaponiya)

Xalqaro maydondagi eng yaxshi osiyolik futbolchi — Son Hyon Min (“Tottenhem”, Janubiy Koreya)

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (ayollar) — Jun Endo (Yaponiya)

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (erkaklar) — Li Kan In (Janubiy Koreya)

Yilning eng yaxshi futbolchisi (erkaklar) — Akrom Hassan Afif (“As Sadd”, Qatar)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-12-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют