» » Aktyor Yigitali Mamajonov beshinchi marta ota bo‘ldi (foto)

Aktyor Yigitali Mamajonov beshinchi marta ota bo‘ldi (foto)


Aktyor Yigitali Mamajonov hamda aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva qiz farzandli bo‘lishdi. Qizaloqqa Hadija deb ism qo‘yishgan. Bu haqda Muqaddas Sa’dullayeva o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Juftlikning Abubakir ismli o‘g‘li 2018-yilning dekabr oyida dunyoga kelgan bo‘lib, bungacha Yigitali Mamajonovning xonanda Rayhon G‘aniyeva bilan turmushidan Islom va Imron ismli ikkita o‘g‘li, Nigina bilan turmushidan esa qizi bor.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaning birinchi turmushidan Sa’diya ismli qizchasi bor.

Yigitali Mamajonov avvalroq bergan intervyusida aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva bilan nima sababdan yashirincha turmush qurgani sababini quyidagicha izohlagan edi.

Oilamga har xil ko‘zlar tegishini xohlamayman. Aslida ijtimoiy tarmoqlarga suratlarimizni joylashimiz ham noto‘g‘ridir balki, shuning uchun ham avvalroq bu haqda ma’lum qilgimiz, suratlarni ham joylagimiz kelmagan edi.

Yigitali Mamajonov, aktyor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют