» » Dmitriy Medvedev: Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi doirasida imzolanadigan hujjatlar beqiyos ahamiyatga ega

Dmitriy Medvedev: Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi doirasida imzolanadigan hujjatlar beqiyos ahamiyatga ega


“O‘zbekiston Prezidentining Moskvaga tashrifi doirasida imzolash uchun tayyorlangan Rossiya — O‘zbekiston kelishuvlari hajm jihatdan bemisl ahamiyatga ega”, — deb fikr bildirdi Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Dmitriy Medvedev Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Juda keng ko‘lamdagi hujjatlar to‘plami tayyorlangan. Hujjatlar so‘nggi yillardagi o‘zaro munosabatlarimizda hajmi jihatdan bemisl ahamiyat kasb etadi va hamkorligimizning, iqtisodiyot, yangi loyihalardan tortib, gumanitar, migratsiya va mehnat masalalarigacha bo‘lgan barcha sohalarini qamrab oladi. Ishonchim komilki, tashrifingiz muvaffaqiyatli o‘tadi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning yangi sahifasi ochilishi uchun debocha bo‘ladi.

Dmitriy Medvedev, Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri

Rossiya bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti sifatida Rossiyaga dastlabki tashrifini amalga oshirayotganini ta’kidlab, O‘zbekiston Moskva uchun strategik hamkor ekanligiga alohida urg‘u berdi.

“Bu biz turli sohalardagi ko‘p sonli munosabatlar orqali bog‘lanib turadigan yaqin mamlakat”, — dedi Medvedev o‘z nutqida.

Shavkat Mirziyoyevning tashrifi doirasida imzolanishi uchun siyosiy, savdo-iqtisodiy, migratsiya sohalariga, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik, sayyohlik va sog‘liqni saqlash sohalariga oid umumiy qiymati 16 milliard dollarni tashkil etadigan 55 ta hujjat tayyorlangan. Qiymati 4 milliard dollar bo‘lgan bir qator hujjatlar 3-aprelda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida imzolandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют