» » Italiyada mavsuming eng yaxshilari taqdirlandi. Ronaldu — A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi

Italiyada mavsuming eng yaxshilari taqdirlandi. Ronaldu — A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi


Italiya futbol assotsiatsiyasi Gran Gal? del Calcio marosimida 2018/19-yilgi mavsum bo‘yicha eng yaxshilarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Shuningdek, portugaliyalik futbolchi eng yaxshi hujumchilar uchligida ham yetakchilikni qo‘lga kiritdi.

Mavsumning eng yaxshi jamoasi sifatida “Atalanta” e’tirof etildi. Uning bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini esa eng yaxshi murabbiy bo‘ldi.

Barcha sovrindorlar bilan tanishing:

A Seriyaning eng yaxshi o‘yinchisi: Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”)

Eng yaxshi hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Duvan Sapata (“Atalanta”) va Fabio Kualyarella (“Sampdoriya”)

Eng yaxshi yarim himoyachilar: Miralem Pyanich (“Yuventus”), Yosip Ilichich (“Atalanta”) va Nikolo Barella (“Kalyari” / “Inter”)

Eng yaxshi himoyachilar: Joau Kanselu, Jorjio Kyellini (ikkisi — “Yuventus”), Kalidu Kulibali (“Napoli”) va Aleksandar Kolarov (“Roma”)

Eng yaxshi darvozabon: Samir Handanovich (“Inter”)

Eng yaxshi jamoa: “Atalanta”

Eng yaxshi murabbiy: Jan Pyero Gasperini (“Atalanta”)

Eng yaxshi hakam: Janluka Rokki

B Seriyaning eng yaxshi yosh o‘yinchisi: Sandro Tonali (“Breshia”)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 47) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют