» » Namanganda elektr ta’minotida cheklovlar to‘xtatildi

Namanganda elektr ta’minotida cheklovlar to‘xtatildi


Namangan viloyati hududida aholiga elektr energiyasi ta’minotidagi cheklovlar to‘xtatildi. Bu haqda viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi direktori o‘rinbosari Sayfiddin Husainov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev.

Viloyatda gaz va elektr ta’minotida uzilishlar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida so‘z olgan Husainov joriy yil 1-dekabridan aholiga elektr energiyasi ta’minotida cheklovlar to‘xtatilganini qayd etib, uzilishlar faqat avariya holatlarida ro‘y berishi mumkinligini ta’kidladi.

Bunday vaziyatlarni bartaraf etish uchun tezkor brigada mutaxassislari soni 1,5 barobarga oshirilgan.

Shuningdek, iste’molchi bilan tezkor aloqani o‘rnatish maqsadida kelgusi haftadan uzluksiz ishlaydigan Call centre ishga tushirilayotgani ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, 2018-yil 2-dekabr holatiga taqqoslaganda viloyatda joriy yilda 1 million 817 ming kilovatt yoki o‘rtacha 800 million so‘mlik elektr energiyasi ko‘p sarflangan.

Mavzuga doir: “MIB idorasida bor tok nega bizning uyda yo‘q?”. Aholi elektr uzilishlaridan charchaganini aytmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют