» » Surxondaryoda “Qizil kitob”ga kiritilgan Buxoro bug‘usi mahalliy aholi xonadoniga kirib qoldi

Surxondaryoda “Qizil kitob”ga kiritilgan Buxoro bug‘usi mahalliy aholi xonadoniga kirib qoldi


O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasi hududidan O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan bir bosh Buxoro bug‘usi (xongul) 29-noyabr, juma kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Ayritom” mahallasi hududiga o‘tib, mahalliy aholining xonadoniga kirib qoldi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur hodisaning guvohi bo‘lgan mahalliy fuqarolar Bozorov Sardor, Xudoyberdiyev Botir, Behruz Rahmonov viloyat IIB YXXBga xabar bergan.

O‘z navbatida IIB xodimi Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan bog‘lanib, holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirgan.

Qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar bir bosh Buxoro bug‘usi Termiz hayvonot bog‘iga vaqtinchalik saqlash uchun topshirilgan. U hayvonot bog‘ining maxsus hayvonlarni saqlash joyiga joylashtirilib, veterinarlar tomonidan nazoratga olingan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan oqqushni o‘ldirgan shaxs qidirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют