» » #taslimbolmasiroj. Saraton bilan kurashayotgan futbolchi Sirojiddin Sayfiyev uchun pul yig‘ish boshlandi

#taslimbolmasiroj. Saraton bilan kurashayotgan futbolchi Sirojiddin Sayfiyev uchun pul yig‘ish boshlandi


Samarqandning “Dinamo” klubi sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiyev saraton kasalligiga chalingan, deb yozdi “Championat.asia”. Ayni vaqtda uni qo‘llab-quvvatlash uchun #taslimbolmasiroj aksiyasi ochiq deb e’lon qilingan.

Aksiya davomida yig‘ilgan mablag‘ futbolchining salomatligi uchun sarf etiladi. Uning hayoti saqlab qolinadimi yoki yo‘q — aniq emas.

Bir necha yil oldin butun dunyoda mashhur futbolchi Erik Abidalning dard bilan kurashishi uchun katta aksiya o‘tkazilgan bo‘lib, hamkasblarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida Abidal shifo topgandi.

Sayfiyev futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng dardga chalindi. Uning ilk alomatlari 2015-yil ko‘zga tashlangan. Dastlab kasallik futbolchining buyragida aniqlangan. Tashxis — III bosqich.

Pulga muhtojlik sezgan Sirojiddin “Dinamo”da ishlab topgan pullarini so‘ragan. Biroq klub futbolchi oldidagi qarzni qaytarishni istamagan. Sayfiyev yaqinlari yordamida kimyoterapiya olgach, o‘pkasidagi o‘simtaning yarmi yo‘q qilingan va kasallikni rivoj olishi to‘xtatilgan. Ammo 2016-yil uning boshida qattiq og‘riq turadi va kasallik bosh qismiga o‘tgani ma’lum bo‘ladi.

Davolanish davomida katta pul ketdi. Bu borada unga futbolchi Erkin Boydullayev yaqindan yordam bergan hamda o‘lim bilan kurashayotgan do‘stini Moskvaga jo‘natgan. Bunda “Dinamo”ning hozirgi rahbariyati ham yordam qo‘lini cho‘zgan. Moskvada Sirojiddin 3—4-aprel kunlari ikki mara kuchli kimyoterapiyani boshdan o‘tkazgan.

Shiforkorlarning aytishicha, uning boshidagi olti o‘simtadan yarmini qisqartirishga erishilgan. Qolgan uchtasi hozircha kichik holatda. Bu kabi tashxisi bor bemorning hayoti uning organizmi dard bilan qanchalik kurasha olishiga bog‘liq.

Опубликовано: admin (5-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют