» » Shavkat Mirziyoyev Dmitriy Medvedevni O‘zbekistonga taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Dmitriy Medvedevni O‘zbekistonga taklif qildi


Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vazirini O‘zbekistonga taklif qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Avvalroq Moskvada O‘zbekiston bosh vazirini qabul qilganingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Bu bugungi natijalarga erishishimizda katta ahamiyat kasb etdi. Men o‘z hamkasbingiz bilan tez-tez uchrashib turishingizni xohlardim. Men sizni O‘zbekistonga taklif qilaman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev uchrashuv chog‘ida Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan teraktga o‘z munosabatini bildirdi.

Men Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan terakt oqibatida qurbon bo‘lganlarning qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman. Sankt-Peterburgda yuz bergan voqea terakt, terrorizm chegara, millat va din tanlamaydi. Bu bizning umumiy tashvishimiz va mazkur masalada birgalikda harakat qilishimiz kerakligini anglatadi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют