» » Qozog‘istondan O‘zbekistonga 2019-yilning 10 oyida 308 mln dollar jo‘natildi

Qozog‘istondan O‘zbekistonga 2019-yilning 10 oyida 308 mln dollar jo‘natildi


Qozog‘istondan 2019-yilning dastlabki 10 oyida xorijga jami 540,4 milliard tenge (qariyb 1,4 milliard dollar) xalqaro pul o‘tkazmalari amalga oshirildi. Mazkur pul mablag‘larining 53 foizi Rossiya va O‘zbekistonga yuborilgan. Bu haqda “Finprom.kz” xabar berdi.

2019-yilning yanvar—oktabr oylarida Qozog‘istondan Rossiyaga 171,9 milliard tenge (443,6 million dollar) pul jo‘natilgan. Mazkur davr mobaynida O‘zbekistonga 119,6 milliard tenge (308 million dollar) miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga ko‘proq.

Keyingi o‘rinlardan Turkiya (75,5 milliard tenge), Qirg‘iziston (70,5 milliard tenge) va Xitoy (28,7 milliard tenge) joy olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют