» » Ohangaronda 53 yoshli piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Ohangaronda 53 yoshli piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda


Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent—Olmaliq” avtomobil yo‘lining 6-kilometrida 2-dekabr, dushanba kuni taxminan soat 05:00 da noma’lum shaxs boshqaruvidagi transport vositasi 53 yoshli piyoda A.V.ni urib yuborgan. Haydovchi jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatmasdan, uni xavf ostida qoldirib hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, olingan jarohatlari oqibatda A.V. yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyida vafot etgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida transport vositasining oldi bamper qismi va boshqa bo‘laklari olingan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB huzuridagi Тergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldirish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida tegishli ekspertizalar tayinlangan, ushbu YTHni sodir etgan transport vositasi va uning haydovchisini aniqlash maqsadida tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tergov departamenti ushbu holatga guvoh bo‘lgan kishilardan uning qatnashchilari haqida hududiy IIBlarga yoki +998707624121, +998707624122, +998712314626 telefon raqamlariga xabar berishni so‘ramoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют