» » Amerikalik 17 yoshli qiz unga hujum qilgan akulaning tumshug‘iga musht tushirib, o‘z jonini saqlab qoldi

Amerikalik 17 yoshli qiz unga hujum qilgan akulaning tumshug‘iga musht tushirib, o‘z jonini saqlab qoldi


17 yoshli amerikalik qiz Florida qirg‘oqlarida unga hujum qilgan akuladan qutilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda CBS News xabar bermoqda.

Hodisa Destin shahridagi plyajda sodir bo‘ldi. Kentukki shtati fuqarosi Keytlin Teylor onasi va do‘stlari bilan dam olayotgandi. 17 yoshli qiz beligacha suvga kirganida, yaqinlashayotgan to‘lqinni payqadi. Qiz uning yoniga delfin suzib kelayapti deb o‘yladi va qirg‘oqqa qaytishga qaror qildi.

Biroq u delfin emas, akula bo‘lib chiqdi. Yirtqich Teylor yaqiniga suzib keldi va oyog‘idan tishladi. Keytlin akuladan qutilish uchun tumshug‘iga musht tushirdi. Buning natijasiga yirtqich jag‘ini qizning oyog‘idan oldi.

Xabarda qayd etilishicha, qizning do‘stlari akula, taxminan, 1,5 metr ekanini aytdi. Uning turi aniqlanmagan.

Uning omadi bor ekan. Akulaning tishi qizning son arteriyasiga tegmadi. Aks holda vaziyat jiddiy ko‘rinish olardi.

Guvohlardan biri

Shifokorlar akula hujumiga uchragan Teylor Keytlinga 80 ta chok qo‘ydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют