» » Germaniyada yangi Greta Tunberg aniqlandi

Germaniyada yangi Greta Tunberg aniqlandi


Ijtimoiy tarmoqlarda “germaniyalik Greta Tunberg” deb atalayotgan talaba Anna-Mariya Mangay Berlinda iqlim himoyasi uchun bo‘lib o‘tayotgan norozilikda ishtirok etish uchun universitetdagi o‘qishini to‘xtatdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

26 yoshli qiz Berlindagi federal kansler idorasining binosi oldiga bir oydan beri keladi va yakka o‘zi norozilik belgisi sifatida har kuni olti soat bino oldida turadi. Bundan tashqari, qiz boshqa kishilarning namoyishlarida ham ishtirok etadi. Mangay jamiyatning iqlim muammolariga munosabatini o‘zgartirishga umid qilmoqda.

Shvetsiyalik 16 yoshli Greta Tunberg dunyodagi ekologik harakatning yetakchilaridan biri hisoblanadi. U 2018-yilda Shvetsiya parlamenti oldida bir o‘zi norozilik bildirganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketdi. Norozilik chiqishi chog‘ida qiz iqlim bo‘yicha Parij bitimi talablariga amal qilishni talab qilgan. 2019-yilning sentabr oyida Tunberg BMTning iqlim bo‘yicha sammitida nutq so‘zladi. Chiqishi davomida qiz siyosatchilarni uning bolaligini tortib olganlikda ayblagan va ularning zimmasiga iqlim o‘zgarishlari muammolarini yechishni yuklagan.

Mavzuga doir:

BMT bosh konferensiyasida nutq so‘zlab katta shov-shuvga sabab bo‘lgan qizaloq Greta Tunberg kim va u nimaga erishmoqchi?

Greta Tunberg xalqaro bolalar mukofotini qo‘lga kiritdi

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashayotgan shvetsiyalik o‘quvchi qiz BMT sammitiga yelkanli qayiqda keldi. Tabiatga zarar yetkazmaslik uchun (video)

Samolyotlardan foydalanishni istamagan Greta Tunberg AQShdan Ispaniyaga katamaranda yo‘lga chiqdi

Greta Tunberg Shimoliy kengashning 52 ming dollar miqdoridagi mukofotidan voz kechishga qaror qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют