» » Minsk hayvonot bog‘iga Toshkentdan bir juft sher keltiriladi

Minsk hayvonot bog‘iga Toshkentdan bir juft sher keltiriladi


Minsk hayvonot bog‘i mutasaddilari toshkentlik hamkasblariga bir juft yosh sher evaziga bir necha yo‘lbarssifat piton, yenotlar, boyqushlar hamda laboratoriya kalamush va sichqonlarini taklif qildi. Bu haqda Belarus axborot agentligi xabar bermoqda.

“Muzokaralar uzoq davom etdi va o‘zaro manfaatli kelishuv qabul qilindi. Bir necha oy yuridik va veterinar hujjatlar tayyorlashga ketdi va noyabr oyi o‘rtalarida jonivorlarimiz Toshkentga jo‘natildi. Bu Bojxona ittifoqidan tashqariga jonzotlarni transportirovka qilish bilan bog‘liq ilk tajribamiz bo‘ldi”, — deydi Minsk hayvonot bog‘i vakillari.

Ko‘zlangan manzilga safar muvaffaqiyatli o‘tdi va hozirda Minskdan keltirilgan jonivorlar yangi joyga moslashmoqda.

O‘z navbatida, Belarus poytaxtida Toshkentdan Yangi yil arafasida sherlar keltirilishi sabrsizlik bilan kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют