» » Toshkentda mingga yaqin avtomobil turadigan bepul “stoyanka” yopildi

Toshkentda mingga yaqin avtomobil turadigan bepul “stoyanka” yopildi


Toshkent shahrining Amir Temur va Shahrisabz ko‘chalari kesishmasidagi chorraha yonida joylashgan yirik bepul avtoturargoh bugun, 4-dekabrdan yopildi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

Asosan shu atrofdagi ulkan ofislar – Ucell, Mobiuz, Ipoteka bank, O‘zsanoatqurilishbank, Bosh pochtamt va boshqa tashkilotlar xodimlariga tegishli mingga yaqin avtomobil turgan bu avtoturargoh bir necha hafta ilgari o‘rab olingan edi. Endi esa u yerda “Diqqat, xususiy hudud. 2019-yil 4-dekabrdan avtomobillarning kirishi taqiqlanadi” degan e’lon osilgan.

Bir yil avval Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismida ko‘p tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.

Qaror bilan Turkiya va O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan poytaxtda “Tashkent Central Park” ko‘p tarmoqli kompleksi qurilishi ma’qullangan.

Toshkentning qoq markazida barpo etilishi rejalashtirilgan besh yulduzli mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markaz va tijorat banki aynan ushbu bepul avtoturargoh o‘rnida quriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют