» » Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin Alphabet’ning rahbarlik lavozimlarini tark etdi

Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin Alphabet’ning rahbarlik lavozimlarini tark etdi


Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin Alphabet xoldingini boshqarishdan voz kechdi. Meduza’ning yozishicha, bu haqda Alphabet bayonotida ma’lum qilingan.

Peyj Alphabet bosh direktori bo‘lib, Brin esa xolding prezidenti bo‘lgan. Endilikda xolding boshqaruvi Google bosh direktori Sundaru Pichai qo‘liga o‘tadi. U Google va Alphabet’ga rahbarlik qiladi. Peyj va Brin xoldingda direktorlar kengashi a’zolari sifatida ishtirok etishda davom etadi.

Peyj va Brin o‘zlarining ketishini Alphabet boshqaruv tizimini soddalashtirish istagi bilan izohlagan. “Biz hech qachon kompaniyani boshqarishning yaxshi usuli bo‘la turib, unda rahbarlik lavozimini saqlab qoluvchilardan bo‘lmaganmiz”, — deyiladi Peyj va Brin bayonotida.

Sergey Brin va Larri Peyj Google qidiruv tizimini 1998-yilda yaratgan. 2015-yilda ular Alphabet xoldingini tuzgan. U Google kompaniyasini ham, boshqa loyihalarni ham o‘z ichiga olgan. O‘sha paytda Google’ni Sundar Pichai boshqargan.

Alphabet daromadi 2018-yilda qariyb 31 milliard dollarni tashkil qilgan. Kompaniyada 100 mingdan ortiq odam ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют