» » To‘ra Bobolov fuqaroni deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirganligi to‘g‘risida xabarlarga viloyat hokimligi munosabat bildirdi

To‘ra Bobolov fuqaroni deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirganligi to‘g‘risida xabarlarga viloyat hokimligi munosabat bildirdi


Bugun, 4-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida yashovchi fuqaro Xursand Ko‘chayeva tomonidan hokimlik uning nomzodini deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirganligi to‘g‘risida xabar joylashtirildi. Surxondaryo viloyati hokimligi ushbu xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Viloyat matbuot xizmatining bildirishicha, yangi qabul qilingan O‘zbekiston Saylov kodeksiga ko‘ra, endilikda faqat siyosiy partiyalargina Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga ega.

Mahalliy hokimliklar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida faqat tashkiliy jihatdan ko‘maklashadi xolos.

“Shu nuqtayi nazardan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar to‘g‘risida ma’lumot so‘ramagan, nomzod ko‘rsatish jarayoniga umuman aralashmagan”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi To‘ra Bobolovning Xursand Ko‘chayeva nomzodini deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirganligi to‘g‘risidagi xabarni rad etib, saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Saylov kodeksida nazarda tutilgan tamoyillarga og‘ishmay amal qilish chora-tadbirlari belgilanganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют