» » Eriell Group “O‘zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda gaz quvurlari qurilishini davom ettirmoqda

Eriell Group “O‘zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda gaz quvurlari qurilishini davom ettirmoqda


Tabiiy gazni nafaqat qazib olish, balki uni pirovard iste’molchi – respublika aholisiga yetkazib berish muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan kompaniya tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda gaz quvurlari quvvatlarini kuchaytirish ishlari davom ettirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “2017—2021-yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-2822-sonli qarorini bajarish yuzasidan bir qator ijobiy natijalarga erishildi.

Shunga ko‘ra, Muborak hududida 101,4 ming m3 sutkalik debitga ega “Janubiy Kemachi” konining 168-sonli qudug‘i ishga tushirildi. Diametri 108x8 millimetr va uzunligi 2 kilometrdan ortiq bo‘lgan shleyf gaz quvuri qurilishi bajarildi. Quduq “Janubiy Kemachi” konida mavjud KTB-5 (kiruvchi tarmoqlar bloki)ga ulandi.

Shuningdek, Muborak hududida 81,3 ming m3 sutkalik debitga ega “Umid” konining 86-sonli yangi qudug‘i ishga tushirildi. Diametri 114x9 millimetr va uzunligi 2500 metr bo‘lgan shleyf gaz quvuri qurilishi bajarildi, quduq mazkur konda mavjud NTQ (neftni tayyorlash qurilmasi)ga ulandi.

Sho‘rtan hududida 68,2 ming m3 sutkalik debitga ega “Sho‘rtan” konining 321-sonli qudug‘i ishga tushirildi. Diametri 114x6 millimetr va uzunligi 1560 metr bo‘lgan shleyf gaz quvuri qurilishi bajarildi, quduq “Sho‘rtan” YP-4 (yig‘ish punkti)dan “Sho‘rtan” BGTQ (birlamchi gaz tayyorlash qurilmasi)gacha mavjud kollektor gaz quvuriga ulandi.

Gazli hududida 60,1 ming metr3 sutkalik debitga ega “Andakli” konining 10-sonli qudug‘i ishga tushirildi. Diametri 108x8 millimetr va uzunligi 301 metr bo‘lgan shleyf gaz quvuri qurilishi bajarildi, quduq mazkur konda mavjud KTB (kiruvchi tarmoqlar bloki)ga ulandi.

“Har bir shleyf gaz quvuri qurilishida 6 kishidan 8 kishigacha bo‘lgan brigada mehnat qilmoqda. O‘rtacha bir kun davomida transheyalar qazilmoqda, gaz quvuri kommunikatsiyalari joylashtirilmoqda. Ish davomida biz ekskavator va buldozerlar kabi og‘ir qurilish texnikasidan foydalanamiz. Barcha ishlar belgilangan muddatlarda bajarilib, ushbu jihat biz uchun birinchi darajali vazifa hisoblanadi”, — deydi Eriell Group ishlab chiqarish-texnika bo‘limi mutaxassisi.

Kompaniya ahamiyatli ishlar yuzasidan xabar berib borishda davom etadi.

Eriell Group kompaniyasi axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют